OKMK yangi legioner bilan shartnoma imzoladi

  • 21 fevral, 11:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha Turkiya yig‘inidan qaytgan OKMK klubi bugun yangi transferini e’lon qildi. Klub matbuot xizmati shunday yozadi: 

Tecno

"Qishki transfer oynasining yopilishiga sanoqli kunlar qolganda, OKMK professional futbol klubi tarkibni mustahkamlash maqsadida navbatdagi transferni amalga oshirdi. Klub safini avstraliyalik kuchli va tezkor markaziy hujumchi Ajak Riak to‘ldirdi.

2000 yil 12 dekabr kuni Janubiy Sudan davlatida tug‘ilgan 24 yoshli futbolchi hujum chizig‘ining markaziy pozitsiyasida harakat qilish bilan birga, o‘ng va chap qanotlarda vinger sifatida ham samarali o‘yin namoyish eta oladi. 192 sm bo‘yga ega bo‘lgan Ajak Riak bungacha Avstraliya, Indoneziya va Moldova chempionatlarida to‘p surib, o‘zining yuqori darajadagi mahorati bilan tanilgan.

Uning so‘nggi jamoasi Moldova chempioni «Sherif Tiraspol» bo‘lib, futbolchi o‘tgan mavsum davomida 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Shu davr mobaynida 2 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan. Hujumchi Janubiy Sudan milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U o‘z milliy terma jamoasi safida 2023 yildan beri harakat qilib keladi va hozirgacha 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Endilikda, OKMK FK va Ajak Riak o‘rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi", - deyiladi rasmiy xabarda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!