
Oksleyd-Chemberlen "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirishni istamadi
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishni istamadi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, 23 yoshli futbolchining “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois, u katta ehtimol bilan mana shu yozgi transferlar davrida “Arsenal”ni tark etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq unga "Liverpul", "Manchester Siti" va "Chelsi" kabi futbolchilar jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar