Oleg Taktarov: Hozirgi UFCga nisbatan, mening janglarimni kassetalar orqali ko‘plab odamlar ko‘rgan!

  • 17.12.2019 17:55
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFCning sobiq jangchisi Oleg Taktarovning fikriga ko‘ra, hozirgi UFCni tomosha qilishdan ko‘ra, odamlar ko‘proq uning janglarini videokassetalar orqali ko‘rishgan.

"O‘ylashimcha, hozirgi UFCni kuzatayotgan odamlar soniga nisbatan, mening janglarimni tomosha qilganlar ko‘proq edi. O‘sha vaqtlarda yashagan erkaklarning orasida mening janglarimni birorta ko‘rmaganini bilmayman.

Hozir UFC musobaqalari deyarli har hafta bo‘lib o‘tadi. Bizning davrlarda barcha bir joyga to‘planardi va hech qanday vazn toifasi yo‘q edi, g‘olib esa faqat bitta bo‘lardi.

UFCda qancha vazn toifalari borligini aniq bilmayman. Hammasini qanday kuzatib borish kerak," - dedi Taktarov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!