Oleg Zoteev keyingi faoliyati borasida bir qarorga keldi

  • 3 dekabr, 2020, 09:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Janubiy Koreya “K2” ligasida “Chonnam Dragons” sharafini himoya qilgan hamyurtimiz Oleg Zoteevning keyingi taqdiri borasida savollar paydo bo‘lgandi. Chunki bu yil Koreyada debyut mavsumini o‘tkazgan legionerimiz afsuski, klubi bilan “K1” ligasiga chiqa olmadi.

Zoteevning shartnomasi 1,5 yilga tuzilgan bo‘lsa-da, chempionat tugagach, yana bir bor shartnomani qayta ko‘rib chiqish sharti mavjud edi. Shunga muvofiq, tomonlar keyingi rejalarni muhokama qildilar va bunga ko‘ra, Oleg yangi mavsumni ham “Chonnam Dragons” tarkibida o‘tkazadigan bo‘ldi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!