
Olga Zabelinskaya Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Toshkent viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatining ayollar o‘rtasidagi elita guruh poygalarida g‘oliblar nomi aniqlandi.
Keskin va murosasiz o‘tgan bahslarda Olga Zabelinskaya 112.8 kilometr masofaga o‘tgan bahslarda marraga birinch bo‘lib etib keldi va chempionatning oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Olga ushbu g‘alaba bilan birgalikda 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Fikrlar