
olim arifov ochl guruh bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarda komissarlik qiladi
OChL guruh bosqichidan o‘rin olgan o‘yinlarga hamyurtimiz Olim Arifov ham komissar sifatida ishlashga taklif etilgan. Jumladan, 5 mart kuni "F"guruhidan o‘rin olgan bahsda Avstraliyaning "Melburn Viktori" jamoasi Janubiy Koreyaning "Tegu" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Shuningdek, 12 mart kuni Doha shahrida Qatarning "Al-Sadd" klubi Eronning "Persepolis" jamoasi bilan kuch sinashadi. Mazkur ikki uchrashuvda o‘zbekistonlik Olim Arifov komissar sifatida faoliyat olib boradi.
OChL, "F" guruhi
2019 yil 5 mart, Melburn
"Melburn Viktori" (Avstraliya) - "Tegu" (J.Koreya)
Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron)
Yon hakamlar: Rizo Suhandan, Muhammad Rizo Mansuriy (Eron)
To‘rtinchi hakam: Kim Da Yon (Sayidvohid Kozimiy)
Inspektor: Kamikava Toru (Yaponiya)
Komissar: Olim Arifov (O‘zbekiston)
OChL, "D" guruhi
2019 yil 12 mart, Doha
"Al-Sadd" (Qatar) - "Persepolis" (Eron)
Bosh hakam:Kim Don Jin (J.Koreya)
Yon hakamlar: Pak San Jun, Ban Gi Yol (J.Koreya)
To‘rtinchi hakam: Kim Da Yon (J.Koreya)
Inspektor: Antoni Jon (Hindiston)
Komissar: Olim Arifov (O‘zbekiston)
Fikrlar