
Olimpiada-2018. Rossiya terma jamoasi ilk medalini qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Pyonchxan shahrida navbatdagi qishki olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu musobaqada Olimpiya bayrog‘i ostida harakat qilayotgan Rossiya terma jamoasi kecha olimpiadadagi ilk medalini qo‘lga kiritdi. Aniqrog‘i, Semen Elistratov erkaklar o‘rtasida 1500 metrga o‘tkazilgan short-trek bahslarida bronza medaliga sazovar bo‘ldi.
Olimpiada-2018
Pxyonchxan, Janubiy Koreya
Short-trek
Erkaklar
1500 m
Final
- Lim Xe Chun (Yujnaya Koreya) – 2.10,485
- Shinki Knegt (Gollandiya) – 2.10,555
- Semen Elistratov (Rossiya) – 2.10,687
- Samuel Jirar (Kanada) – 2.11,176
- Shaolin Sandor Lyu (Vengriya) – 2.11,520
- Sharl Amlen (Kanada) – 2.11,573
Fikrlar