"Olimpik" bir kishi kam bo‘lib qolgan "Dinamo"ni mag‘lub eta olmadi (Fotogalereya)

CHERY AUTO

Superliga 7-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - "Dinamo" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Dastlab, 3-daqiqada Shohmalik Komilov hisobni ochdi. Biroz o‘tib Otabek Jo‘raqo‘ziev muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, "Dinamo" ochkolari sonini 6 taga, "Neftchi" esa 7 taga etkazib oldi.

Qayd etish lozim, bellashuvning 82-daqiqasida Jo‘rabek Mannonov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 

Mazkur o‘yindan qaynoq fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baratov Elyor
05/05/2022 22:05
Bunyodkorni 5:1 ga yutyapti
10 kishilik Dinamo bilan 1:1 Toshkentda o'zaro kelishilgan o'yinlar avjida shekilli!