"Olimpik" Turkiya sobiq chempioniga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi (foto)

  • 14 iyul, 2023, 17:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Timur Kapadze boshchiligidagi "Olimpik" shu kunlarda Turkiyada yig‘in o‘tkazayotganidan xabaringiz bor. Jamoamiz Isparta yig‘ini doirasida 3 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Raqiblarimizdan biri 2019-2020 yilgi mavsumda Turkiya chempioni bo‘lgan "Istanbul Bashakshehir" jamoasidir. Bu bellashuv 20 iyul kuni o‘tkaziladi", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.

"Olimpik" jamoasining Turkiya yig‘ini doirasidagi o‘rtoqlik o‘yinlari:

18.07.2023. "Olimpik" - "Isparta 32 Spor"

20.07.2023. "Olimpik" - "Istanbul Bashakshehir"

22.07.2023. "Olimpik" - "Al Marhiya"

olimpik

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!