"Olimpik" va "Navbahor" kubok bahslarida bir marotaba to‘qnash kelgan. G‘olib esingizdami? (prevyu)

  • 22 avgust, 2022, 15:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “Olimpik” (Toshkent) klubi mehmoni bo‘ladi. 

Tecno

Prevyu. Olimpik Navbahor o‘yiniga

“Navbahor” va “Olimpik” jamoalari O‘zbekiston Kubogi bahslarida bir marta ro‘baro‘ kelishgan. O‘tgan mavsumda ushbu musobaqaning guruh bosqichi o‘yinlarida mazkur klublar birgalikda “D” guruhidan joy olgan hamda 2021 yilning 30 aprel kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan bahsda “Navbahor” uchrashuvning 29-daqiqasida Mirzohid G‘ofurov tomonidan urilgan gol hisobiga 1:0 hisobida g‘alaba qozongan hamda jami 9 ochko to‘plagan holda, guruh bosqichi g‘olibi sifatida keyingi bosqichga yo‘l olgan, “Olimpik” ham 6 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni egallab, nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.                      

Eslatib o‘tamiz, “Olimpik” – “Navbahor” uchrashuvi 23 avgust kuni Toshkentdagi “Jar” stadionida soat 19:00 da start oladi.                 

“Navbahor” PFK matbuot xizmati     

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!