
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tarixida bunaqasi avval bo‘lmagan
Tokio-2020 o‘yinlari davomida yonib turadigan mash’ala manbasi sifatida vodorod gazidan foydalanish ko‘zda tutilmoqda.
Tashkiliy qo‘mita o‘zining barqarorlik prinsiplariga asoslangan holda rasmiy olov yoqish va mash’ala estafetasida davomida qayta tiklanadigan energiyani qo‘llashni ilgari surdi. Chunki vodorod yoqilganda atmosferaga karbonat angidrid gazini chiqarmaydi.
Hozirgi paytga qadar, Tokio shahriga vodorod bilan to‘ldirilgan 500 taga yaqin yonilg‘i tashuvchi transportlar etkazilgan. Paralimpiya o‘yinlari mash’alasi Tokio Milliy stadionida 25 avgustdan 6 sentyabrga qadar yonib turadi.
Dastlabki O‘yinlar tarixida zaytun moyidan foydalanilgan bo‘lsa, so‘nggi paytlarda uning o‘rnini butan va polipropilen yoki propan aralashmasi egallagan edi.
Fikrlar