Oliy liga. 9-tur. Bugun "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qiladi
Bugun Oliy Liga 9-tur bahslari davom ettiriladi. Tur doirasida bitta uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda Namanganning “Navbahor” jamoasi o‘z maydonida amaldagi chempion Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qiladi.
Kecha bo‘lib o‘tgan turning ilk bahsida “Bunyodkor” musobaqa javdalining so‘nggi pog‘onasida borayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi bilan murosa yo‘lini tanlab, ochkolarni bo‘lib olishdi. 1:1.
“Navbahor” bundan oldingi turda Toshkentda “Paxtakor” mehmoni bo‘lib, o‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubordi va muhim bir ochkodan quruq qolgan edi.
“Lokomotiv” esa o‘z maydonida “Obod”ni qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz 7 ta to‘p yo‘llagan. Mazkur g‘alabadan so‘ng “temiryo‘lchilar” 18 ochko bilan musobaqa javdalida etakchilik qilayotgan bo‘lsa, “Navbahor” 14 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.
Oliy Liga 9-tur
04.05.2017
18:00 “Navbahor” (Namangan) – “Lokomotiv” (Toshkent)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
O‘zPFL vakili: B. Haydarov.

Fikrlar