Olmaliqda markaziy o‘yin. "Navbahor" uchun yana bir imtihon

  • 29 iyun, 2022, 12:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliga 13-turi doirasida “Navbahor” safarda Olmaliqning AGMK klubiga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Mazkur raqiblar shu kunga qadar milliy chempionatlarimizda 28 marta kuch sinashishgan. O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 12 marta, namanganliklar esa 7 marta zafar quchishgan. To‘qqizta uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 37:34, AGMK foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 45 ochkoni, “lochinlar” esa 30 ochkoni qo‘lga kiritishgan.  

Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Superliga (oliy liga)dagi qarama-qarshilikka 2008 yilda asos solingan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda namanganliklar 2:0 hisobida zafar quchishgandi. Olmaliqdagi javob o‘yinida esa jamoalar durangga imzo chekkandi – 1:1. 

Mazkur jamoalarning Olmaliqda o‘tkazilgan bahslariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 14 ta bahsning  8 tasida mezbonlar g‘alaba nashidasini surishgan bo‘lsa, jamoamiz 3 marta zafar quchgan. Uchta uchrashuvda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 23:18, AGMK foydasiga. 

Eslatib o‘tamiz, AGMK  “Navbahor” uchrashuvi  1 iyul kuni Olmaliqdagi OKMK SMda soat 20:00 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!