“Oltin to‘p”: Eski g‘oliblardan hech kim qolmadi

  • 7 avgust, 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning France Football nashri futbolchilar uchun eng nuquzli individual sovrin – “Oltin to‘p” uchun da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

Nominantlar ro‘yxatidan o‘ttiz nafar o‘yinchi joy oldi. Qizig‘i shundaki, bu gal sovringa da’vogarlar orasida avvalgi yillarda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan birorta futbolchi nomi ko‘rinmadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “Oltin to‘p”ni “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri Ernandes qo‘lga kiritgan edi. Undan bir yil avval Lionel Messi o‘z faoliyati davomidagi sakkizinchi “Oltin to‘p”ga ega chiqqan. “Real”da porlagan Karim Benzema 2022 yili nufuzli yutuqni o‘ziniki qilgan edi.

“Oltin to‘p – 2025” sovrinining taqdimot marosimi 22 sentyabr kuni Parij shahrida tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!