"Oltin to‘p" uchun uchun asosiy 10 ta da’vogar kimlar?

  • 1 mart, 15:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Goal" portali tahlilchilari 2025-yil "Oltin to‘p" uchun yangilangan da’vogarlar reytingini e’lon qilishdi. Birinchi o‘rinda "Liverpul" hujumchisi, misrlik futbolchi Muhammad Saloh joy oldi.

Ikkinchi pog‘onada Frantsiya terma jamoasi va "Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe joylashgan. Kuchli uchlikni esa "Barselona" vingeri, braziliyalik Rafinya yakunladi.

Shuningdek, "Barselona" futbolchilari Lamin Yamal va Robert Levandovski, "Real Madrid"ning ikki yulduzi Vinisius Junior va Jud Bellingem ham da’vogarlar qatoriga kiritilgan. Germaniya Bundesliga vakillari ham ro‘yxatdan joy olgan bo‘lib, "Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn, "Bayer" yarim himoyachisi Florian Virts va "Bavariya" futbolchisi Jamal Musiala ham "Oltin to‘p" uchun kurash olib boradigan futbolchilar sifatida e’tirof etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda "Oltin to‘p" sovriniga "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri ega chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!