"Oltin to‘p"ga Messi munosibmidi? Qanday nohaqlik kuzatildi? Davron Fayziev, Xayrulla Hamidov va Murod Rizaevning fikrlari

  • 30 noyabr, 2021, 16:00
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Parijdagi "Shatle" teatrida "Oltin to‘p"-2021 sovrini topshirish marosimi o‘tkazildi. 

Tecno

Yakunda PSJ hujumchisi Lionel Messi "Oltin to‘p" sohibiga aylandi. Argentinalik yulduz faoliyati davomidagi ettinchi bor ushbu sovringa ega chiqdi.

Messi o‘tgan mavsum Argentina terma jamoasi bilan "Kopa Amerika" chempioni bo‘ldi hamda "Barselona" safida Ispaniya kubogi sohibiga aylandi. Shuningdek, hujumchi La Ligada to‘purar bo‘lgandi.

O‘zbekistonlik taniqli sharhlovchilar Davron Fayziev, Xayrulla Hamidov va Murod Rizaev telegramdagi sahifalarida "Oltin to‘p" borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

Lionel-Messi-remporte-un-septieme-Ballon-d-Or

Davron Fayziev: Bosh sovrin Lionel Messiga topshirildi. Ettinchi bor. Fantastik ko‘rsatkich! Tabriklayman Leo muxlislarini!

Albatta, so‘nggi soniyalargacha Messi bilan raqobatlashgan Robert Levandovskini ham e’tirof etish kerak. O‘tgan yili bo‘lganda savol qolmasdi, bu yil terma jamoalar hal qilishdi.

3311572016336

Xayrulla Hamidov: Bugun Ronaldu ham, Messi ham "Frans futbol"ni bir turtib o‘tib ketishdi. Krish ushbu sovrin ustida turgan shaxsni yolg‘onchilikda aybladi, Messi "Robert, o‘tgan yili sen haqli eding!" dedi. Ya’nikim, o‘tgan yilni bo‘m-bo‘sh o‘tkazib yuborgan nashr ishini uning marosimida eslab o‘tdi.

2021 yil uchun Leo haqli, bunga e’tiroz yo‘q. Ammo Robertga haqqoniy sovrini o‘rniga yupatuvchi o‘yinchoq taqdim etgan nashr shu yildan boshlab mavqeini ancha yo‘qotdi. Balki frantsuzlar shu bilan Parij klubini EChL finalida mag‘lub etgan "Bavariya"dan alam olishgandir. Agar PSJ engganida, Mbappe yo Neymarga berishardi, deb o‘ylayman. Xullas, "The Best" o‘zi o‘ylaganidan ko‘ra vaqtliroq muhim darajaga chiqadi shekilli.

xayrulla

Murod Rizaev: Messini va uning muxlislarini tabriklayman.. Ammo, lekin, biroq marosimda 2020 yil uchun alohida va 2021 yil uchun alohida, ya’ni 2 ta "Oltin to‘p" topshirilishi kerak edi. Hali xam kech emas. "Frans futbol" 2020 yil uchun yangi sovrin yasatib Levandovskini chaqirib tantanali ravishda berib yuborishi kerak. Axir Robert 2021 yil uchun ham "Oltin to‘p"ga munosib ediku...

3431581192211

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ДОМАШНИЙ ширинликлар
30/11/2021 17:00
СЕН УЗБ ШАХЛОВЧИЛАРИ ЭПЛАБ ИСМИНИ ТОГРИ АЙТИШАОЛИШМЕСАН КАЕРДА МЕССИДИ ОЛТИН ТОП ОЛГАНИ НИ МУХОКАМА КИЛАСАНЛАР
ДОМАШНИЙ ширинликлар
30/11/2021 16:24
БУ ЧАЛА ШАХЛОВЧИЛАР НИММАНИ МУХОКАМА КИЛАДИ