Oltita megayulduz! “Real” transfer bozorini portlatmoqchi
Joriy mavsumni sovrinsiz yakunlagan “Real” yangi chempionat oldidan klub tarixdagi eng shov-shuvli transfer kampaniyalaridan birini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Klub prezidenti Florentino Peres ham, uning raqibi Enrique Rikelme ham muntazam ravishda katta transferlar haqidagi mish-mishlarni kuchaytirmoqda.
Insayder Fabrizio Romano ma'lumotiga ko‘ra, Peres ayni paytda quyidagi superyulduzlarga katta qiziqish bildirmoqda va saylovda g‘olib chiqqan taqdirda ularni Madridga olib kelishga harakat qiladi:
- Vitinya
- Joau Neves
- Xvicha Kvaratsxeliya
- Dezire Due
- Jamal Musiala
- Xulian Alvares
Birinchi to‘rt futbolchi “Pari Sen-Jermen” sharafini himoya qilmoqda. Musiala “Bavariya”da, Alvares esa “Atletiko Madrid”da to‘p surmoqda.
Yaqinda Peres bir futbolchi uchun 150 million evrodan ortiq mablag‘ taklif qilishga tayyorligini aytgan, ammo uning ismini oshkor qilmagan.

Fikrlar