"Omadli taqvim"ning oltinchi sonida olti nafar g‘olib aniqlandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaxshi bilasiz, o‘yinimizda ishtirok etishni istaganlar 1 dan 36 gacha bo‘lgan raqamlar orasidan 6 tasini tanlab olib, 5454 raqamiga (UMS abonentlari 77777) yuborishlari talab etiladi. G‘olib esa odatdagidek onlayn tasodifiy raqamlar generatori (Rendomizer) yordamida aniqlanadi.

Rendomizer tanlagan 6 raqamning barchasini to‘g‘ri topgan ishtirokchi bir yo‘la iPhone X, noutbuk, televizor, gaz plitasi va kir yuvish mashinasini qo‘lga kiritadi. 6 raqamning beshtasini to‘g‘ri topgan ishtirokchi esa  Redmi rusumidagi smartfonga ega chiqadi. Agarda, bunday ishtirokchilar soni bittadan ortiqni tashkil etsa, mazkur smartfon qiymati ular orasida teng taqsimlanadi.

Oltinchi sonda tasodifiy raqamlar generatori dastlabki raqam sifatida 2 ni tanladi va mazkur raqamni to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 48149 tani tashkil etadi. Rendomizer ikkinchi raqam sifatida 11 ni tanladi va 2, 11 raqamlarini to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 3588 taga qadar kamaydi.

Uchinchi raqamdan (21) so‘ng esa bizda g‘oliblikka da’vogarlik qilayotgan ishtirokchilar soni 334 tani tashkil etdi. Generator to‘rtinchi raqam sifatida 10 ni tanladi va faqatgina 23 ishtirokchi bosh sovrinlar uchun kurashni davom ettirishi ma’lum bo‘ldi.

Afsuski,  Rendomizer tanlagan 18 raqamini yuqorida g‘oliblikka da’vo qilgan ishtirokchilar orasidan hech kim topa bilmadi.  Oltinchi raqam 12 va bizda generator tanlagan 2, 11, 21, 10, 18 va 12 raqamlarining beshtasini to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 6 tani tashkil etdi.

Endi esa ushbu olti nafar ishtirokchiga Redmi rusumidagi smartfonning qiymati pul ko‘rinishida taqsimlab beriladi. 

+99893 XXX-90-34

+99893 XXX-02-98

+99894 XXX-80-45

+99890 XXX-77-09

+99899 XXX-82-82

+99899 XXX-12-67

rendom

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Qodirov Amirxon
03/05/2019 20:46
Assalomu Aleykum hammaga bir savol bor edi Har juma kuni 18:20da bolib otadimi va shu saytnin oziga korsak boldimi jonli efir boshlanadimi Javob uchun oldindan rahmat
Ronaldo Junior
03/05/2019 23:14
Har juma kuni bo`lib o`tadi. Boshlanish vaqti haqida batafsil o`sha kuni tongda ma`lumot beriladi. Jonli efir albatta yo`lga qo`yiladi
Qodirov Amirxon
10/05/2019 19:57
Oka boshlanish vaqti deyapsiz ertalab qachonn aytadi