O'n nafar futbolchini ketkazmoqchi bo'lganim yolg'on!

  • 10.03.2026 05:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

15 mart kuni “Barselona” prezidentligi saylov bo‘ladi. Ushbu muhim sana oldidan “Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes klubni boshqarib kelgan va yana nomzodini qo‘ygan Joan Laportaning sirlarini ocha boshladi.

- Laporta menga qarshi mediakampaniya boshladi va hatto Serxi Roberto, Ronald Arauxo, Pedri va Rafinya kabi futbolchilar bilan gaplashib, men ularni sotmoqchi ekanimni aytdi.

Menda jamoadan ketkazmoqchi bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati bo‘lgani haqidagi gaplari yolg‘on. Biz faqat bitta futbolchini sotish masalasini muhokama qilganmiz, ammo hurmat yuzasidan uning nomini aytmayman.

Laporta men 10 nafar futbolchining ketishini xohlaganman deb yuribdi, bu tuhmat. Qonunbuzar va noxolis odamlarga ishonib bo‘lmaydi, - dedi Xavi.

Xavi “Barselona”ni 2021 - 2024 yillar davomida boshqargan. Bu davr mobaynida u jamoa bilan Ispaniya chempionati va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!