Onananing "Manchester Yunayted"ga qaytishi dargumon
Andre Onananing "Manchester Yunayted"dagi kelajagi deyarli yakunlanganga oʻxshaydi.
"Daily Mail" nashrining xabar berishicha, futbolchining oʻzi hali ham Angliya klubida oʻzini koʻrsatish istagidan voz kechmagan, biroq u MYUni toʻliq tark etishi kutilmoqda. Hozirda kameruniyalik darvozabon "Trabzonspor"da ijara asosida oʻynamoqda.
Manbaga koʻra, Onananing vakillari shu hafta Milanga yetib borib, bir qator ehtimoliy variantlarni muhokama qilgan. Ular orasida darvozabonning kelasi yozda "Inter"ga qaytishi ham bor.
Shuningdek, Onana hali ham Italiyada koʻchmas mulkka egalik qilishi taʼkidlanmoqda. Biroq transfer yoʻlidagi asosiy toʻsiq futbolchining yuqori maoshi boʻlishi mumkin.
Fikrlar