Operatsiya qilinadigan Mourino “tilga kirdi”

  • 23.12.2024 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Fenerbahche” bosh murabbiyi Joze Mourino salomatligi tufayli operatsiya qilinishi kerakligi haqida gap-so‘zlar tarqaldi.

Portugaliyalik taniqli murabbiy ahvoli va rejalari haqida ma’lumot berib, muxlislarni xotirjamlikka chaqirdi.

- Mendan xavotir olayotganlarga shuni ma’lum qilamanki, operatsiya haqida tarqatilayotgan ma’lumotlar ancha oshirib yuborilgan. Bu tez bo‘ladigan oddiy jarrohlik amaliyoti.

Men bayramlardan keyingi birinchi kundan har doimgidek yana mashg‘ulotlarga qaytaman.

25 yil davomida birorta mashg‘ulotni o‘tkazib yubormaganman va bundan buyog‘iga ham bu ishni qilmayman, - dedi Joze Mourino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!