
O‘q otish. O‘zbekistonlik sportchilar ilk bor jahon chempionatida sovrindorlar safidan joy oldi
Misr poytaxti Qohira shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqaning bugungi kuni O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun unutilmas natija bilan tarixda qoladigan bo‘ldi. Boisi, unda 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jamoaviy bahsda qatnashgan yigitlarimiz kumush medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Hamyurtlarimiz hal qiluvchi bahsda hindistonlik tengqurlariga qarshi bahs olib borishdi. Murosasiz kechgan bellashuvda Hindiston jamoasi 16:8 hisobida g‘alaba qozondi va oltin medallarni rasmiylashtirdi. Musobaqa davomida Muhammad Kamolov, Veniamin Nikitin va Ilhombek Obidjonov yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.
Fikrlar