
Oqgul Omonmurodova asosiy to‘rga chiqdi
Tailandning Nontaburi shahrida tennis bo‘yicha "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnirda Oqgul Omonmurodova saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Tennischimiz asosiy davraga chiqish uchun o‘tgan o‘yinda yaponiyalik Rina Saygoni 6:7, 6:1, 10:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, asosiy to‘r bahslarining birinchi davrasiga yo‘l olgan Oqgul, 1/16 final bosqichida yana bir yapon tennischisi Erika Sema bilan kuch sinashadi.
Fikrlar