"Ordabasi" mehmonda "Astana"dan 6 ta gol o‘tkazdi. Umarov to‘liq, Abdumajidov 65 daqiqa o‘ynadi

  • 9 oktabr, 2022, 20:01
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston chempionati 22-turidan o‘rin olgan "Astana" - "Ordabasi" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Poytaxtliklar safida Tomasov, Aymbetov (dubl), Polyakov, Pedru Eujeniu hamda Beysebekov raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Legionerlarimiz bahsni asosiy tarkibda boshladi va Odilbek Abdumajidov 65-daqiqada zaxiraga olindi. Umarov esa to‘liq harakat qildi.

Mazkur g‘alaba natijasida astanaliklar ochkolari sonini 42 taga etkazib oldi. Chimkentliklar hisobida 32 ochko bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!