
O‘rtoqlik o‘yini. 6 ta gol urilgan o‘yinda "Buxoro" Tojikiston klubi bilan durang o‘ynadi
Tojikistonda yig‘in o‘tkazayotgan Ulug‘bek baqoev boshchiligidagi "Buxoro" jamoasi "Esxata" bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
Bahs Tojikistonning "Milliy bank" stadionida bo‘lib o‘tdi va unda jamoalar 3:3 hisobidagi jangovor durangga imzo chekdi. Buxoroliklar safida Dilshod Jo‘raev, Jasur Xolto‘raev, Asilbek Qayyumovlar gol kiritishdi.
"Buxoro" quyidagi tarkibda maydonga tushdi:
20 Sardor Qobuljonov
2 Izzatillo Po‘latov
94 Frane Ikich
15 Diyor Ortiqboev
80 Farrux Ibrohimov
5 Dilshod Jo‘raev (C)
88 Vsevolod Nixaev
7 Muhammadjon Rahimov
77 Asilbek Qayyumov
11 Shoxruz Norxonov
9 Jasur Xolto‘raev.
Fikrlar