O‘rtoqlik o‘yini. "Chelsi" Pochettinoning norasmiy debyutida raqib darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘rtoqlik o‘yini doirasida Londonning "Chelsi" jamoasi "Vreksem" klubi bilan kuch sinashdi. Unda "aristokratlar" yirik 5:0 hisobida zafar quchdi. 

Uchrashuvda gollarga Matsen (dubl), Gallaxer, Nkunku va Chiluell mualliflik qildi. "Vreksem" bellashuvda gol urishni uddalay olmadi. 

Eslatib o‘tamiz, bu uchrashuv "Chelsi" bosh murabbiyligiga kirishgan Maurisio Pochettinoning norasmiy debyuti bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!