
O‘rtoqlik o‘yini. "Manchester Siti" "Bavariya"ni qiyinchilik bilan taslim etdi
O‘rtoqlik o‘yini doirasida "Bavariya" hamda "Manchester Siti" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda "shaharliklar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Makeyti 21-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 81-daqiqada Tel muvozanatni tikladi. Biroz o‘tib Lyaport yana Manchester klubini oldinga olib chiqdi va hisob boshqa o‘zgargani yo‘q.
Fikrlar