O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

  • 16 iyun, 2023, 17:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘rtoqlik o‘yini doirasida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoy U-23 termasi bilan kuch sinashdi. Unda vakillarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Hamyurtlarimiz safida gollarga Mahmud Mahamadjonov, Umarali Rahmonaliev va Alisher Odilov mualliflik qildi. "Chin yurti vakillari"ning yagona golini 90+2-daqiqada Liang Vey Peng kiritdi. 

Ma’lumot o‘rnida, 11 iyunda olimpiyachilarimiz Farg‘onada Qirg‘iz Respublikasi jamoasini kichik 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!