
O‘rtoqlik o‘yini. Vodiy derbisida kuchlar teng keldi
"Neftchi" va "Andijon" o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi shiddatli va keskin kurashlarga boy tarzda kechdi. Birinchi bo‘limda har ikkala jamoa vakillari tezkor va hujumkor o‘yin namoyish etishib, ketma-ket xavfli vaziyatlarni yarata olishdi. Lekin, hisobni birinchi bo‘lib mehmonlar ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Bellashuvning 18-daqiqasida jarima maydoni ichiga oshirilgan uzatmani Shahboz Erkinov baland sakragan holda boshi bilan zarba berib, to‘pni darvozaga chiroyli usulda joylab qo‘ydi 0:1. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng o‘yinda burilish yasash maqsadida katta kuch bilan oldinga intilgan mezbonlar 22-daqiqada muvozanatni tiklashdi. Bu vaziyatda"Andijon" himoyachilarini mohirlik bilan aldab o‘tgan Bilolxon Toshmirzaev kuchli zarba bilan javob to‘pini kiritdi 1:1. Tanaffusga qadar farg‘onalik futbolchilarda hisobni oshirishga bir qancha imkoniyatlar bor edi. Lekin, "yo‘lbarslar" tomonidan yo‘llangan zarbalar darvoza ustuniga tegib qaytdi.
Ikkinchi bo‘lim ham ikkala jamoaning faolligi bilan boshlandi. O‘yin davomida tashabbus hamda yaratilgan ko‘plab xavfli vaziyatlar bo‘yicha ustunlik mezbonlar tomonida bo‘lishiga qaramay ikkinchi bo‘limda boshqa gollar kiritilmadi va vodiy derbisi jangovar durang 1:1 natijasi bilan yakun topdi.
"NEFTChI" 1:1 "ANDIJON"
Gollar: Shaxboz Erkinov 17 0:1, Bilolxon Toshmirzaev 21 1:1.
Bosh xakam: Doston Mirzaraimov.
Yordamchi xakamlar: Shoxrux A’zamov, Azizbek Isakov.
"Neftchi": 45.Akbar To‘raev, 5.Tomislav Mrchela, 20.Anvar G‘ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 19.Mirzoxid G‘ofurov, 7.Umar Adxamzoda, 13.Lutfulla To‘raev (s), 24.G‘ulomxaydar Gulyamov, 8.Sharof Muxiddinov, 40.Arabuli Bachana, 77.Bilolxon Toshmirzaev.
Bosh murabbiyi:V. G. Levchenko.
"Andijon" jamoasi bugungi uchrashuvda quyidagi tarkibda maydonga chiqadi:
"Andijon":72.Igor Litovka, 21.Ildar Mamatkazin,15. Vladimir Bubanya, 66. Ilxom Alijonov, 9.Levani Arveladze,8. Farxod Bekmurodov,94. Armin Bashnyak, 22. Shaxboz Erkinov, 5.Abduvohid G‘ulomov,10. Ilxom Abdug‘aniev, 11.Sardor Abdunabiev.
Bosh murabbiy: Aleksandr Xomyakov
Fikrlar