O‘runovni sotib olayotgan "Spartak"ning yangi mavsumdagi byudjeti qancha bo‘ladi?

  • 03.08.2020 17:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” klubining yangi 2020/21 yilgi mavsum uchun byudjeti qancha bo‘lishi e’lon qilindi.

Tecno

Moskvaliklarning jamoatchilik bilan ishlash departamenti direktori Anton Fetisov yangi mavsum uchun “Spartak” byudjeti 8,6 mlrd rublni tashkil etishini ma’lum qildi.

Bundan avvalroq esa, “Spartak”ning yangi mavsum byudjeti 19 mlrd rubl bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Aytish kerakki, bu o‘tgan mavsumdagidan ikki barobar ko‘p deganidir.

Eslatib o‘tamiz, “Ufa”dagi hamyurtimiz Oston O‘runov tez orada “Spartak” safiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!