O‘runovning qilmishi qimmatga tushdi

  • 21 oktabr, 2021, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futbol ittifoqi Nazorat va tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi majlisi o‘tkazilib, Rossiya premer-ligasi va Rossiya Milliy futbol ligasining o‘tgan turida belgilangan qoida va tartib-intizom qoidalarini buzgan jamoa, murabbiy, futbolchilarga qo‘llaniladigan jazolar tasdiqlandi.

Tecno

“Krasnodar” – “Ufa” uchrashuvida maydonga tushgan Oston O‘runov uchrashuvdan so‘ng, tribunaga yaqin kelib, muxlislarga ekipirovkaga avtograf qo‘ygani uchun jazolanadigan bo‘ldi. Endi legionerimiz 20 ming rubl miqdorida jarima to‘laydi.

Ushbu bahsdan so‘ng "Ufa" o‘yinchilari - avtograf tarqatgan Hamid Agalarov va reklama taxtasi ustidan sakrab o‘tib, bolani ko‘tarib olgan Vladislav Kamilov ham sanitariya qoidalarini buzgani uchun 30 ming rubldan jarimaga tortildi.

Qo‘mita qaroriga ko‘ra, turli darajadagi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan “Spartak”, “Dinamo”, “Arsenal”, “Kuban”, TsSKA klublari va ularning vakillari ham ma’lum miqdorda jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!