
O‘runovning “Spartak”dagi maoshi ma’lum bo‘ldi
“Ufa”ning o‘zbekistonlik legioneri Oston O‘runov hafta yakunida Moskvaning “Spartak” jamoasiga ko‘chib o‘tishi haqida xabar bergan edi.
Bu transferdan ufaliklar 1,8 million evro foyda ko‘radi. Ya’ni, “Spartak” rahbariyati 200 ming evroga olingan futbolchi uchun “Ufa”ga 2 million evro to‘laydi. Soccer.ru saytining ma’lum qilishicha, Oston O‘runov yangi jamoasida yiliga 600 ming evroga yaqin maosh oladi.
Ayni paytda Oston O‘runov koronavirusdan davolanayotgani bois, transfer ishlari hafta oxirida yakunlanishi kutilmoqda.
Fikrlar