"Osasuna" – "Real" o'yinidagi haqoratlar bo'yicha tekshiruv boshlandi
Ispaniya La Ligasida dam olish kunlari "Osasuna" hamda "Real Madrid" oʻrtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Pamplona jamoasi sensatsiya qayd etib, 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Oʻyin davomida stadionda "Real" hujumchisi Vinisius Juniyorga nisbatan haqoratli qichqiriqlar yangragan. Videolardan birida "Osasuna" muxlislari braziliyalik futbolchiga oʻlim tilab shior aytgani eshitiladi.
Mazkur holat yuzasidan La Liga rasmiy tekshiruv boshladi. "The Athletic" xabariga koʻra, Vinisiusga yaqin manbalar sodir boʻlgan voqeadan "hafa, ammo hayratlanmagan".
Ayni paytda "Real" Ispaniya chempionati jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda. Peshqadam "Barselona" madridliklardan bir ochko oldinda.

Fikrlar