"O‘shanda menda qaror qabul qilishda ikkilanish bo‘lib qoldi" - Esanov "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalarni aytdi?

  • 1 iyul, 2023, 09:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempioni va jahon chempionati ishtirokchisi Sherzod Esanov “Andijon” safida “Paxtakor”ga qarshi bellashuvning ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushirildi.

Tecno

Iqtidorli futbolchi o‘yini bilan yaxshi taassurot qoldirdi va hatto uchrashuv qahramoniga aylanishi ham mumkin edi. Ammo zarbasini darvozabon qaytarib qoldi.

Shunga qaramay, “Andijon” amaldagi chempion jamoadan safarda bir ochko tortib olishni uddaladi. Bellashuvdan so‘ng Esanov taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- “Andijon” “Paxtakor”ning g‘alabali seriyasini to‘xtatdi. Ushbu uchrashuv borasida nima deya olasiz?

- O‘yin kutganimizdek qiyin bo‘ldi. Ammo jamoamiz bilan yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Mehmonda bir ochkoni qo‘lga kiritish albatta yomon natija emas. Lekin g‘alaba qozonib ketsak ham bo‘lardi.

- Aynan siz bahs oxirida darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdingiz va gol urib o‘yin taqdirini hal qilishingiz mumkin edi. O‘sha holatga qanday izoh berasiz?

- O‘shanda menda qaror qabul qilishimda ikkilanish holati bo‘lib qoldi. Birinchi variant emas, ikkinchi variantni tanladim va bu xato bo‘lib chiqdi.

esanov3

- Durangni g‘alabaga tenglashtirgan bo‘larmidingiz?

- G‘alabaga emas-u, ammo yomon o‘ynamadik, deb o‘ylayman.

- “Paxtakor” siz o‘ylagandek o‘yin ko‘rsatdimi yoki...

- “Paxtakor” birinchi o‘rinda. Shuning uchun bizni og‘ir uchrashuv kutib turganini bilib turgandik. Lekin biz o‘yinga har tomonlama to‘g‘ri tarzda tayyorlangandik va murabbiylarimiz tomonidan ham to‘g‘ri taktika tanlandi. Ko‘proq imkoniyatlarimiz bo‘ldi.

esanov5

- “Andijon” 5 ta uchrashuvdan beri mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettiryapti. Ko‘rinib turibdiki, jamoa o‘yinini yo‘lga qo‘ya oldi...

- Asta-sekin o‘zimizga bo‘lgan ishonch ortib borgani sari to‘g‘ri futbol o‘ynashni boshladik, deb o‘ylayman. Jamoamizda muhit ham ajoyib.

- Siz maydonga tushayotganingizda murabbiy sizga qanday vazifa yuklagandi?

- O‘yinni kuchaytirish uchun maydonga tushdim. Vazifani uddaladim, deb o‘ylayman. Faqat oxirgi vaziyatda imkoniyatdan foydalana olmaganimni hisobga olmasak o‘yinni yaxshi o‘tkazdik va zaxiradan maydonga tushganlar o‘yinni kuchaytira oldilar.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ал хилол
01/07/2023 11:22
Шерзод купрок майдонда булишга харакат кил.