
Osimxen Angliyani zabt etmoqchi
“Lill” hujumchisi Viktor Osimxen “Napoli” taklifiga rad javobini berdi.
21 yoshli nigeriyalik futbolchi faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish maqsadida boshqa chempionat vakillari chorlovini qabul qilmayapti. Osimxen ayni paytda “Manchester Yunayted” va “Arsenal”dan chaqirishlarini kutmoqda.
Frantsiya chempionatida 27 ta uchrashuvda 13 ta gol urgan Viktorning transfer narxi 80 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar