
Osiyo aravachada regbi federatsiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Bugun O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida Osiyo aravachada regbi federatsiyasi prezidenti Rodni Xolt bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mita raisi o‘rinbosarlari – Otabek Ergashev hamda Jamshidbek Hasanov, shuningdek O‘zbekiston Regbi federatsiyasi Bosh kotibi Qahramon Jalilov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar yurtimizda aravachada regbi sport turini rivojlantirish va bu bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni muhokama qilishdi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda Osiyo aravachada regbi federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Fikrlar