
Osiyo chempionati (U23). Bugun BAAga qarshi o‘ynaymiz!
Xabaringiz bor ayni kunlarda Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun musobaqaning chorak finalidan o‘rin olgan yana 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi. Kunning ilk uchrashuvi Janubiy Koreya hamda Iordaniya terma jamoalari o‘rtasida kechadi (15:15). Keyinroq esa O‘zbekiston va BAA terma jamoalari maydonga tushishadi (18:15).
Eslatib o‘tamiz, ushbu bosqichda g‘alaba qozongan juftliklarni yarim finalda Saudiya Arabistoni va Avstraliya termalari kutib turishibdi.
Fikrlar