
Osiyo chempionati (U23). Bugun g‘alabadan boshqa hech narsa qanoatlantirmaydigan o‘yinda Avstraliyaga qarshi kurash olib boramiz
Xabaringiz bor ayni kunlarda Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun musobaqaning Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi 3-o‘rni uchun Avstraliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘zaro maydonga tushishadi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga musobaqaning final bahsida Janubiya Koreya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari maydonga tushishadi.
Fikrlar