Osiyo chempionini Jizzaxda qanday kutib olishdi (foto va video)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Xitoyda o‘tgan U-23 Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi g‘olib chiqdi. Ushbu muvaffaqiyatda Jizzaxda tug‘ilib o‘sgan, hozirda Qarshining “Nasaf” klubi yarim himoyachisi  Azizjon G‘anievning ham xissasi katta.

Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi  rasmiy saytida yozilishicha, jizzaxliklar champion futbolchini munosib tarzda, karnay surnay sadolari ostida kutib olishdi.

Xabarda aytilishicha, futbol muxlislari yosh futbolchini tabriklash maqsadida G‘anievlar xonadoniga tashrif buyurishdi. Mahalla oqsoqollari boshchiligidagi barcha mahalladoshlar Azizjon G‘anievning chinakkam muhlisiga aylanib, Osiyo chempionati davomida uni va jamoadoshlarini qo‘llab-quvvatlab turishganini,terma jamoaning muvofaqiyati esa ularning millionlar o‘yiniga bo‘lgan mehrini yanada orttirganini ta’kidlab, uni kelajakdagi faoliyati bundanda muvoffaqiyali bo‘lishiga tilak bildirishdi.

Shundan so‘ng, Azizjon G‘aniev  bilan Jizzax viloyat hokimligida  Jizzax viloyat hokimi Ergash Soliev, hokim o‘rinbosari Botir  To‘xtamishev, viloyat Futbol Federatsiyasi birinchi  vitse prezidenti  Anvar Musulmanov ,Jizzax viloyat Jismoniy  tarbiya va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i Inom Tojiboev uchrashdilar. Uchrashuv davomida rahbarlar Alijon G‘anievga shunday o‘g‘lonni voyaga etkazib tarbiyalagani uchun minnatdorchilik bildirib, Azizjon G‘anievga ham kelajakda  milliy terma jamoa safida jahon chempionatida ishtirok etib, muvofaqqiyat qozonishiga ishonch bildirishdi. Uchrashuv so‘nggida Aziz G‘anievga Jizzax viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari  topshirildi.

Yurtimizda futbolni sevishadi. Futbolchilarimiz esa xalkimizning doimiy e’tibor va e’tirofida. Umid qilamizki,yoshlarmiz kelajakda Azizjon G‘aniev kabi yutuqlarga erishib, yurtimiz sporti dovrug‘ini yuksaklarga ko‘tarishadi. Qo‘yida Jizzax shaxar televidiniesining maxsus video lavhasini tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!