Osiyo Chempionlar ligasida "Paxtakor" va "Nasaf"dan tashqari boshqa vakillarimiz ham bor

  • 7 aprel, 2022, 11:53
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonida markazlashgan holda o‘tayotgan OChL guruh bosqichi uchrashuvlarida o‘zbekistonlik hakamlar ham faoliyat olib borishadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Xususan, 1-tur uchrashuvlaridan o‘rin olgan “Al-Jazira” (BAA) — “Al-Kuva” (Iroq) jamoalari o‘rtasidagi bahsga Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi jalb qilingan. Unga yon chiziqlarda hamyurtlarimiz Timur Gaynulin va Andrey Tsapenko yordam bersa, zaxira hakami sifatida Aziz Asimov faoliyat olib boradi.

O‘yin Toshkent vaqti bilan 9 aprel soat 01:45 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!