Osiyo jamoalari kushandasi Venesuela qanday jamoa? Raqibni imkoniyatlarini tahlil qilamiz!

  • 28 mart, 2023, 06:30
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Fernando Batista boshqaruvidagi Venesuela terma jamoasi bugun O‘zbekiston milliy termasi bilan kuch sinashadi. Xo‘sh, tarkibda kimlar bor? Jamoaning o‘yin uslubi qanday? O‘rtoqlik bahsidagi «krepkiy» raqibimiz haqida siz bilishingiz kerak bo‘lgan barchasi! Matn kattalashib ketmasligi uchun, qisqa va lo‘nda qilamiz.

Tecno

Tarkibda kimlar bor?

Bir qarashda, yarq etib ko‘zga tashlanadigan ijrochilar yo‘qdek tuyulishi mumkin, ammo (Transfermarkt) jamoaning umumiy transfer qiymati 37 million evroga teng. Bu biznikidan sezilarli darajada yaxshiroq ko‘rsatgich. Nomlar bobidagi kamchilikni bir nechta yaxshi saviyadagi, klubida asosiy futbolchilari sanalgan yigitlar bemalol to‘ldirib yuboradi. MLSni yondirayotgan Xosef Martines bugungi Venesuelaning asosiy forvardlaridan biri bo‘lib turibdi.

Inter mayami

Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan «Inter Mayami» a’zosi bir necha mavsumlardan beri Evropaning saviyali klublaridan tushayotgan takliflarni rad etayotganidan xabaringiz bor. Solomon Randon barchangizga yaxshi tanish.

Salaman rondon

APL dan tortib, RPLgacha kezgan yigit ayni damda «River Pleyt»ni asosiy tarkib a’zosi. Shuningdek, Italiya futbolida suyagi qotgan Tomas Rinkon ham alohida mavzu.

Tomas23

«Yuventus» bilan yaqin o‘tmishda Italiya chempionati va kubogida zafar quchgan yigit hozir «Sampdoria»ning etakchilaridan biri. Ayniqsa, «Atletiko Mineyro»dan, «Real Solt - Leyk - Siti»ga ko‘chib o‘tgan Jefferson Savarino ham Okean ortida o‘zini a’lo darajada ko‘rsatayotganlardan biri.

jefferso

Umuman olganda, Venesuela termasi Janubiy Amerikaning chinakam «chaqilmas yong‘oq» jamoasiga aylanib ulgurgan.

O‘yin uslubi qanday?

Fernando23

Taktik sxema borasida biznikidan farq qiladi, ammo strategiya juda o‘xshash. Rondon va Martines kalibridagi forvardlari bor Venesuela hujum chizig‘ida bu forvardlarning ajoyib balans hosil qilishi uchun zamin yaratgan. Rondon biroz orqaroqda joylashgan xolda, tezkor Martinesni bosh zonaga ochilishi uchun zamin yaratsa, Martines qarshi hujumlar chog‘ida Rondonni so‘nggi zarbaga olib chiquvchi paslar bilan ta’minlashga urinadi. Oldingi chiziqdagi ikkita markaziy hujumchi borligi uchun ham, Venesuelaning qanot himoyachilari kamdan kam xollarda katta kuch bilan oldinga o‘tishi mumkin. Qanot yarim himoyachilari ko‘pincha hujumda oldinga siljishi mumkin, ammo o‘ta hujumkorlikni ulardan kutilmaydi. Raqib, asosan ikkinchi raqamda harakat qilishni hush ko‘ruvchi o‘yin modelini o‘zlashtirgan.

Sxema
Futbolchilarning raqami random tarzda tanlangan

Ya’ni, to‘pni raqibga bergan xolda, tezkor qarshi hujumlar, markazdagi kuchli pressing va oldingi chiziqdagi yigitlarning klassiga suyangan uzatmalar. Taktik tomondan bizdan farq qilsada, o‘yin strategiyasi deyarli o‘xshash. Batista shogirdlari o‘zining so‘nggi o‘yinida Saudiya Arabistoni ustidan 1:2 hisobida zafar quchdi. O‘yinni tomosha qilar ekansiz, Erve Renarning ochiq futboli uchun janubiy amerikaliklar birinchi bo‘limdayoq ikki bor qarshi hujumda jazolaganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Keyin, Saudiya o‘rtadagi farqni qisqartirdi, ammo qolgan daqiqalarda shturm qilganiga qaramay, mag‘lubiyatdan qutulib qolgani yo‘q. Jamoa ancha tartibli himoyalanibgina qolmay, to‘pni kerakli pallada nazorat ostiga olishni ham uddalay oladi.

Venesuelaning so‘nggi o‘yinlardagi natijasi qanday?

Venesuella

Bugungi raqiblarimiz so‘nggi beshta o‘yinida xuddi biz singari 3 g‘alaba, 1 durang va bir bor mag‘lub bo‘lgan. E’tiborlisi, so‘nggi o‘yinlardagi barcha g‘alabalar qit’adoshlarimiz ustidan qozonilgan. Jamoa Suriya, Saudiya Arabistoni va BAAni taslim etgan. Panama bilan 2:2 jangovar durang qayd etgan bo‘lsa, Islandiya bilan bahsda minimal hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

Uzbekiston

Bizda esa, biroz boshqacharoq vaziyat. Kamerun, Qozog‘iston va Boliviyadan ustun kelgan bo‘lsak, Rossiya bilan durangga imzo chekdik. Kosta-Rika bilan bahsning so‘nggi daqiqalaridagi e’tiborsizlik sababli alamli mag‘lubiyat.

Bu bahsdan nima kutishimiz mumkin?

Bir qarashda, yig‘indagi eng muhim o‘yindek ko‘rinishi mumkin, biroq Srechko Katanets katta ehtimol bilan aralash tarkib bilan o‘yinni boshlasa kerak. Bu o‘rtoqlik o‘yini ekanligi birinchi planda bo‘ladi. Ishqibozlar qanchalar istamasin, sloveniyalik mutaxassis tashqi bosimga tayyor ekanligini ko‘rsatib bo‘ldi. U qaysar, printsiplarga sodiq qolishda davom etadi. Ha, Eldor asosiy tarkibda, ha Masharipov ham tushar, ammo boshqa pozitsiyalarda kutilmagan o‘zgarishlar bo‘lishi aniq.

Srechko

Boshqacha sxema, yangicha taktika va boshqa «yangiliklar» sinab ko‘rilmaydi. Hozirga qadar o‘rganilgan narsalar mustahkamlanadi. Tamom. Terma jamoa va klubdagi futbol o‘rtasidagi farq tobora ortib borayotgan zamonda bu normal holat. Siz bir mavsum davomida 50-60 o‘yinda ishtirok etish uchun kamida 5-6 xil versiyaga ega bo‘lishingiz shart. Yiliga maksimum 10 ta katta uchrashuv ( Maksimum) bo‘ladigan o‘tkazish imkoni bor jamoa bilan nimadir o‘ylab topishga intilish, tavakkal qilish Katanetsning falsafasiga zid. Nima ham derdik, bu murabbiyning tanlovi. 

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!