
Osiyo Kubogi (U-23). Maydonga tushgan eng yosh futbolchilar 10 taligida Abduvohid Nematov ham bor!
Tailand mezbonlik qilayotgan, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo Kubogida maydonga tushgan eng yosh futbolchilar o‘ntaligini tuzib chiqdik.
Ushbu ro‘yxatda, OTJmiz darvozaboni Abduvohid Nematovning ham nomi bor va u 7-o‘rindan joy oldi.
Maydonga tushgan eng yosh futbolchilar 10 taligi:
1) Suf’anat Muenta (Tailand) Bahrayn (5:0) ga qarshi bahsda 17 yosh-u/5 oy/6 kunligida maydonga tushdi.
2) Abdulsalom (Qatar) Suriya (2:2) ga qarshi bahsda 17 yosh-u/10 oy/20 kunligida o‘ynadi.
3) Yakob Italiano (Avstraliya) Iroq (1:1) ga qarshi uchrashuvda 18 yosh-u/5 oy/9 kunligida to‘p surdi.
4) Allahyor Sayyodmanesh (Eron) O‘zbekiston (1:1) ga qarshi o‘yinda 18 yosh-u/6 oy/11 kunligida maydonga tushdi.
5) Yahyo Ayman (Saudiya Arabistoni) Suriya (1:1) ga qarshi bellashuvda 18 yosh-u/8 oy/1 kunligida turnirda debyut qildi.
6) Ahmad Afaniya (Iordaniya) KHDR (2:1) ga qarshi bahsda ishtirok etganida 18 yosh-u/9 oy/17 kunlik edi.
7) Abduvohid Nematov (O‘ZBEKISTON) Eron (1:1) ga qarshi uchrashuvda 18 yosh-u/9 oy/20 kunligida maydonga tushdi.
8) Muhammad Emad (Qatar) Saudiya Arabistoni (0:0) ga qarshi o‘yinda 18 yosh-u/10 oy/16 kunligida to‘p surdi.
9) Hussayn Ahmad (Saudiya Arabistoni) Yaponiya (2:1) ga qarshi bellashuvda 19 yosh-u, 11 kunlik edi.
10) Ben Devis (Tailand) Iroq (1:1) ga qarshi bahsda 19 yosh-u/1 oy/21 kunligida o‘ynadi.
Fikrlar