Osiyo kubogi. 3-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi

  • 26 yanvar, 2024, 15:14
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Osiyo kubogining guruh bosqich uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi. 3-turdan o‘rin olgan bahslardan so‘ng pley-offga yo‘l olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Quyida barcha guruhlardagi yakuniy jadval bilan tanishishingiz mumkin. 

"A" guruh

Qatar Xitoy ustidan minimal hisobda zafar quchib, 100 foizlik natija bilan guruhdan chiqdi. Bahsdagi yagona golni esa 66-daqiqada Haydos kiritdi. Parallel uchrashuvda bo‘lsa qo‘shnilarimiz Livanni 2:1 hisobida taslim qildi. Dastlab, Jradi jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 80-daqiqada Umarboev imkoniyatlarni tenglashtirdi. 90+2 daqiqada esa Hamrokulov g‘alaba golini urib ketdi. Shu tariqa, Tojikiston ikkinchi o‘rin bilan pley-off masalasini hal qildi. 

photo_2024-01-26_15-00-22

"B" guruh

Suriya Hindistonni 1:0 hisobida mag‘lub qilib, o‘z tarixida ilk bor pley-offga yo‘l oldi. 76-daqiqada Harbin uchrashuvdagi yagona golni urib, jamoasini 3 ochkoni taqdim etdi va eng yaxshi 3-o‘rinlar qatoriga kirdi. O‘zbekiston Avstraliya bilan durang o‘ynadi. Birinchi taym so‘nggida hakam darvozamiz tomon penalti belgiladi va Boyl 11 metrlik jarimadan aniq foydalandi. 78-daqiqada esa Turg‘unboev boshi bilan gol urib, hisobni tenglashtirib qo‘ydi. 5 ochko bilan Katanets shogirdlari ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

photo_2024-01-26_15-00-49

"C" guruh

Eron 3-turda BAA ustidan zafar quchib, 9 ochkoni qo‘lga kiritdi. Tantashev boshqarib borgan o‘yinda Taremi dubl qildi, G‘assani 90+3 daqiqada javob qaytardi. Falastin Gongkongni yirik hisobda g‘alaba qozondi. Dabbang ikki bora, Qunbar esa bir marta o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 

photo_2024-01-26_15-03-07

"D" guruh

So‘nggi turda eng ko‘p gol ushbu guruhdagi o‘yinlarda kiritildi. Iroq Vetnam darvozasini 3 marta gol urgan bo‘lsa, nominal mehmonlar 2 bora javob qaytardi. Yaponiya Indoneziyani qiyinchiliksiz taslim qildi. Ueda dubl qilib, oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi, 88-daqiqada Hubner o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Shundan so‘ng indoneziyaliklar tarkibidan Valsh bitta gol urdi. 

photo_2024-01-26_15-04-29

"E" guruh

Iordaniya Bahraynga mag‘lub bo‘ldi. 34-daqiqada Madenning uzatmasidan so‘ng Helal hisobni ochdi. Narigi uchrashuvda Janubiy Koreya Malayziya bilan durang o‘ynadi. So‘nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi. 

photo_2024-01-26_15-05-39

"F" guruh

Qirg‘iz Respublikasi so‘nggi turda bir ochko olishga muvaffaq bo‘ldi. O‘mon dastlab hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada Kojo imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Ushbu gol tufayli o‘monliklar pley-offdan quruq qoldi. Saudiya Arabistoni  so‘nggi turda ochko yo‘qotdi. Tailand bilan bo‘lib o‘tgan bahsda darvozalar ishg‘ol qilinmadi. 

photo_2024-01-26_15-05-42

Shu tariqa pley-offga quyidagi jamoalar yo‘l oldi:

Tojikiston - BAA

Iroq - Iordaniya

Avstraliya - Indoneziya

Saudiya Arabistoni - Janubiy Koreya

Eron - Suriya

Bahrayn - Yaponiya

Qatar - Falastin

O‘zbekiston - Tailand

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!