Osiyo kubogi. Gongkong yarim himoyachisi turnirning 1000-golini urdi

  • 15 yanvar, 2024, 13:41
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

BAA va Gongkong o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Paulo Bento shogirdlari ishonchli tarzda g‘alaba qozonib, guruhida peshqadamga aylanib oldi. 

O‘yinning 34-daqiqasida Alamiri penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 49-daqiqada Kvan Chan imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Bu gol esa OChK tarixiga kirdi. Ikkinchi bo‘limda BAA tarkibidan Sulton va Gassanilar bir martadan darvozani ishg‘ol qilib, oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 

Uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrashiga qaramay, gongkongliklar tarixga kira oldi, ya’ni Chan Osiyo kubogining 1000-goliga mualliflik qilishga muvaffaq bo‘ldi. Turnir tugashiga 44 ta o‘yin bor va yana bir nechta rekordlar yangilanishi kutilmoqda. 

Image

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!