
Osiyo kubogi. Guruhdagi asosiy raqibimiz Avstraliya musobaqani ishonchli g‘alaba bilan boshladi
Osiyo kubogi "B" guruhining ilk o‘yinida Avstraliya va Hindiston terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda "yashil qit’a vakillari" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Birinchi golga Jekson Irvin mualliflik qildi. Jordan Bos esa 73-daqiqada oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Grem Arnold shogirdlari birinchi turda 3 ochkoni qo‘lga kiritib, guruh peshqadamiga aylanib oldi.
Fikrlar