
Osiyo kubogi. Janubiy Koreyadan yana kambek, Son avjiga chiqdi
Osiyo kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Avstraliya - Janubiy Koreya bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda koreyslar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Gudvin 42-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Xvan 90+6-daqiqada penaltidan muvozanatni tikladi. Ekstra taymlarning birinchisida Son jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, Janubiy Koreya yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Ularga ushbu bosqichda Iordaniya raqiblik qiladi.
Fikrlar