
Osiyo kubogi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ilk turda Yaponiya bilan durang o‘ynadi
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan Yaponiya - O‘zbekiston bahsi yakunlandi. Unda vakillarimiz 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Raqiblarning goli 8-daqiqada kiritildi. Qanotdan oshirib berilgan to‘pga Yutaka Michivaki boshi bilan zarba berdi va posbonimizni dog‘da qoldirdi. 80-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Amirbek Saidov aniq zarbasi bilan muvozanatni tikladi - 1:1.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtlarimiz 2-turni 3 kundan keyin 20 iyunda o‘tkazadi. Shu sanada Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlariga Hindiston termasi raqiblik qiladi. Bellashuv 17:00 da start olishi ko‘zda tutilgan.
Fikrlar