Osiyo kubogi saralashi. "E" guruhining hal qiluvchi bahsiga Rustam Lutfullin tayinlandi

  • 8 oktabr, 2022, 13:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

U-17 Osiyo Kubogi-2023 saralash bosqichi doirasida "E" guruhi vakillari Yaman - Bangladesh o‘yini Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar guruhiga ishonib topshirildi. Unga birinchi yordamchi hakam sifatida hamyurtimiz Andrey Sapenko yordam beradi. Ular bilan birgalikda qirg‘izistonlik Salibaev Eldiyar (yordamchi hakam) hamda gonkonglik Tam Ping Vun (to‘rtinchi hakam) ishlashadi.

Ushbu uchrashuv 9 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 da bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, "E" guruhi o‘yinlari Daka (Bangladesh) shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

 

Manba: O‘zbekiston futbol hakamlari markazi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!