
Osiyo kubogi saralashi. O‘zbekiston U-17 Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi saralash turniridan o‘rin olgan O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi yakuniga etdi. Unda vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Hamyurtlarimiz safida Amirbek Saidov, Lazizbek Mirzaev hamda Mamadalixon Olimov gollarga mualliflik qildi.
Shu tariqa, 2-turdan so‘ng vakillarimiz 100 foizlik natija qayd etib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ilk turda O‘zbekiston Bruney darvozasiga javobsiz 14 ta gol urgandi.
Fikrlar