
Osiyo Kubogi U-23. O‘zbekiston - Yaponiya o‘yinini ikkita sharhlovchi sharhlaydi
Bugun Osiyo Kubogi U-23 yarim finaldan o‘rin olgan O‘zbekiston - Yaponiya bahsi o‘tkaziladi. Bellashuv 21:00da start oladi.
OFK taqiqiga ko‘ra, bellashuvga o‘zbekistonlik muxlislar kiritilmaydi. Raqib tomon ishqibozlaridan 500 nafargacha bo‘lgan o‘yinni bevosita stadiondan kuzatish imkoniyatiga ega. Ammo o‘yin o‘tkaziladigan "Bunyodkor" stadioni oldida katta monitor o‘rnatilmoqda.
Uchrashuv "Uzreport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. O‘yinni Davron Fayziev va Hasan Turdaliev sharhlab boradi.
Fikrlar